Rossiyalik sharhlovchi O'zbekiston terma jamoasining JCh-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Okko sharhlovchisi Elvin Kerimov O'zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi guruhi oson bo'lmadi. Portugaliya va Kolumbiya — top-jamoalar, yana bir raqib esa Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo o'rtasidagi pley-off (qit'alararo o'tish) o'yinlarida aniqlanadi. Bu variant biroz engilroq ko'rinsa-da, umuman olganda, guruh baribir og'ir va qur'a tashlashda omadliroq bo'lishi mumkin edi.
Shunga qaramay, asosiysi — turnirdan zavq olish, o'zini dunyoga ko'rsatish va o'z futbolini o'ynashga harakat qilish. Futbolchilarda ham, murabbiylar shtabida ham motivatsiya juda yuqori: bu Kannavaro uchun bosh murabbiy sifatidagi birinchi yirik turnir. O'zbekistonning munosib ishtirok etishga kuchi etadi — raqiblardan qo'rqmaslik, ishonch bilan harakat qilish va o'z uslubini saqlab qolish muhim. Bunday qisqa va yirik turnirda bu hal qiluvchi ahamiyatga ega”, — dedi Kerimov.
Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash natijalariga ko'ra, O'zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy olgan. Uchinchi raqib qit'alararo pley-off g'olibi bo'ladi — bu Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo DR bo'lishi mumkin.