Rossiyalik kurashchilarning boshqa mamlakat fuqaroligini olishlari qiyin bo'ladi

Rossiya Federatsiyasi sport kurashlari federatsiyasi sportchilarning fuqaroligini o'zgartirish jarayonini qiyinlashtirdi.
Bu haqida tashkilot rahbari Mixail Mamiashvili xabar berdi.
"Biz fuqarolikni o'zgartirish tizimini murakkabroq qildik. Endi bunday istagi borlar federatsiya Ijroqo'mi roziligini olishi kerak bo'ladi", - dedi Mamiashvili.
Manba: sports.ru