Rossiyalik ekspert: «Husanov «iqtidorsiz»

Rossiyalik mutaxassis Vladimir Mantsev O'zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning imkoniyatlarini baholadi, deb yozadi Sports.kz "Myach Show" YouTube-kanaliga tayanib.
«Quloq soling, u juda super iste'dodli himoyachi, ammo, afsuski, hozircha "Manchester Siti" unga unchalik mos kelmayapti. U "Lans"da o'ynab, ma'lum yutuqlarga erishgan, ammo "Manchester Siti"ga kelganingda bosim eng yuqori darajada bo'ladi.
Gvardiola uni markaziy himoyachi sifatida sinab ko'rdi va u hozircha bu vazifani bajara olmayotganini tushundi. Qanot himoyachisi sifatida ham ko'rib chiqdi — oldingi harakatlarda ijodkorlik etishmaydi. Tezligi bor, albatta. Vinisiusni quvib etgan epizodni eslaysiz. Ammo "Manchester Siti"da o'ynash uchun maydondagi fikrlash, ya'ni "bosh bilan o'ynash" etishmayapti. Chunki u erda aqlli futbol o'ynaydiganlar jamlangan.
Rostini aytsam, men uni "o'rtacha" yoki “iste'dodsiz” toifasiga qo'yish haqida o'yladim. Lekin mening yaqin do'stim O'zbekiston fuqarosi, shuning uchun "iqtidorsiz" degan toifaga qo'ysam, barcha o'zbeklar menga qarshi chiqadi. Rostdan ham, meni "sochib tashlashga" tayyor bo'lishadi. Ammo baribir men ko'proq “iste'dodsiz” degan fikrga moyilman.
Do'stlar, hammasi yaxshi bo'ladi. Lekin, afsuski, u "iqtidorsiz" toifasiga tushadi», - dedi Mantsev.
Eslatib o'tamiz, Husanov "Manchester Siti" safiga shu yilning yanvar oyida Frantsiyaning "Lans" klubidan ko'chib o'tgan edi. U joriy mavsum "shaharliklar" safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi.