Rossiya terma jamoalariga nisbatan munosabat yumshamoqda

UEFA Ijroiya qo'mitasining so'nggi yig'ilishida 2022 yilda rasmiy xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan Rossiya jamoalari masalasi muhokama qilindi.
Sport 24 xabariga ko'ra, Skandinaviya davlatlarining Rossiya masalasidagi pozitsiyasi kutilmaganda yumshab ketgan.
Masalan, Shvetsiya, Finlyandiya va Norvegiya Rossiya yoshlari va ayollar terma jamoalarini turnirlarga qaytarishga rozi.
Shuningdek, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Shveytsariya, Sloveniya, Slovakiya va Chexiya Rossiya jamoalarini qaytarish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.
Yana ettita davlat Rossiyaning Evropa futboliga to'liq qaytishi tarafdori: Bolgariya, Serbiya, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya, Vengriya, Qozog'iston va Ozarbayjon.