Rosenorning bir o'yini «Chelsi»ga qanchaga tushgani hisoblab chiqildi

«Chelsi» jamoa bosh murabbiyi Liam Rosenorni iste'foga chiqargani uchun unga 27,6 million evro tovon puli to'laydi, deb xabar bermoqda talkSPORT.
Shu tariqa, murabbiy klub boshqaruvidagi har bir o'yini uchun 174 000 evrodan, qo'lga kiritilgan har bir g'alaba uchun esa 364 000 evrodan daromad qilgan bo'lib chiqmoqda.
Qayd etish joizki, ushbu tovon puli miqdori futbol tarixidagi eng yirik ko'rsatkichlardan biri bo'ldi. 41 yoshli mutaxassis qo'l ostida «Chelsi» Angliya Premer-ligasida qatorasiga beshta o'yinda mag'lub bo'ldi va birorta ham gol ura olmadi.
Rosenor shu yilning yanvar oyida «Strasburg»dan «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2032 yilga qadar mo'ljallangan edi.