Rosenorga Frantsiya klubi qiziqish bildirdi

«Parij» klubi agar Antuan Kombuare bilan xayrlashadigan bo'lsa, «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Liam Rosenor bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri yozmoqda.
Kombuarening «Parij» bilan amaldagi shartnomasi rasman 2027 yilda yakuniga etadi. Murabbiy o'z kelishuvini 2028 yilgacha uzaytirishni istamoqda, biroq bu borada klub bilan kelisha olmayapti. Ushbu vaziyat «Parij»ni muqobil variantlarni ko'rib chiqishga majbur qildi va ulardan biri Liam Rosenor nomzodiga borib taqalmoqda. Yaqindagina L'Equipe nashri Rosenor «Chelsi»dagi muvaffaqiyatsiz davrdan keyin murabbiylik faoliyatida tanaffus olmoqchi bo'lgani haqida xabar bergan edi.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, «Parij» Frantsiya Liga 1 musobaqasida 11-o'rinni egalladi.