"Chelsi" klubi Liam Rosenor boshqaruvi ostida Angliya Premer-ligasidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonmoqda.

Bugun "ko'klar" APL 25-turi doirasida "Vulverxempton" ustidan zafar quchishdi — 3:1. Bungacha Rosenor qo'l ostida "Vest Xem" (3:2), "Kristal Pelas" (3:1) va "Brentford" (2:0) jamoalari mag'lub etilgan edi.

Yangi murabbiy kelganidan beri "Chelsi" jami 9 ta o'yin o'tkazdi. Mag'lubiyatlar faqat Liga Kubogi doirasida "Arsenal"dan qabul qilib olindi (2:3, 0:1), qolgan barcha uchrashuvlarda esa g'alaba qayd etildi.

10 fevral kuni Rosenor jamoasi "Lids Yunayted" bilan to'qnashadi.