Rosenor nima uchun Palmer "Arsenal" bilan o'ynamaganini tushuntirdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor "Arsenal"ga qarshi Liga kubogi yarim final dastlabki o'yini qaydnomasida Koul Palmerning yo'qligini izohladi.
"Uning sonida kichik jarohat bor edi. Agar bunday jarohatdan so'ng futbolchi maydonga tushirilsa, u yana olti haftaga lazaretga tushib qolishi mumkin. Men Koulni bunday uzoq muddatga yo'qota olmayman", - deya Rosenorning so'zlarini keltiradi BBC.