Rosenor: "Kukurelyaning qaytishi bo'yicha aniq vaqtni ayta olmayman"
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor himoyachi Mark Kukurelya haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi yaqinda bo'lib o'tgan Premer-liga o'yinida "Lids"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.
"Kukurelyaning qaytishi bo'yicha aniq vaqtni ayta olmayman. U "Lids"ga qarshi o'yinda tanaffusdan oldin son mushaklaridan jarohat oldi.
Bu achinarli, chunki u ajoyib o'yinchi - dunyoning eng yaxshi vingerlaridan biri. Lekin bizda bu pozitsiyada o'ynay oladigan Xato va Gusto bor", dedi Rosenor matbuot anjumanida.