Rosenor: «Kerrikning «Manchester Yunayted»dagi muvaffaqiyatlaridan hayratda emasman»

Shu dam olish kunlari Angliya Premer-ligasida «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari o'rtasida bahs bo'lib o'tadi. Londonliklar bosh murabbiyi Liam Rosenor raqib jamoa ustozi Maykl Kerrik haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi navbatda, men Kerrikka futbolchi sifatida juda qoyil qolganman. Murabbiy sifatida esa u «Midlsbro»da fantastik ishni amalga oshirdi. Uning boshqaruvida «Manchester Yunayted» yaxshi natijalar ko'rsatayotganidan ajablanmayman», — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
«Chelsi» 48 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi pog'onani egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 55 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda.