Rosenor: "Kaysedo - dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilardan biri"

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoa yarim himoyachisi Moyses Kaysedo haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Moyses — jahon futbolidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri, balki eng yaxshisidir. U yakshanba kuni biz uchun juda muhim bo'ladi", — deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Chelsi" Kaysedoni "Brayton"dan 120 million evro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda 24 yoshli xavbek barcha turnirlarni inobatga olgan holda 41 ta o'yinda ishtirok etdi, raqiblar darvozasini besh bor ishg'ol qildi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.