Rosenor jurnalistning savolidan ajablandi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor matbuot anjumanida futbolchilar kuchli beshlikdan joy olib, keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga ishonishi haqidagi savolga javob berdi.
«Albatta, futbolchilar ishonishadi. Albatta, biz hali ham bunga ishonamiz. Nima uchun bu savolni berayotganingizni tushunmayapman. Umuman olganda, nega bunday narsani so'rayotganingizni anglamayapman», — dedi Rosenor jurnalistlarga.
«Chelsi» Premer-liga turnir jadvalida oltinchi pog'onada bormoqda va beshinchi o'rindagi «Liverpul»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.
Ma'lumki, Angliyaning joriy mavsumdagi koeffitsientlar jadvalidagi ko'rsatkichi tufayli APLdagi beshinchi o'rin ham Chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi o'ringa aylangan.