Rosenor Jeymi Bayno-Gittensning mavsum oxirigacha qayta olmasligi mumkinligini aytdi
«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor jarohat olgan vinger Jeymi Bayno-Gittensning holati haqida ma'lumot berdi. 21 yoshli futbolchi yanvar oyi oxiridan beri maydonga tushgani yo'q. Uning safga qaytish sanasi hamon noma'lumligicha qolmoqda.
«Bayno-Gittens mavsum yakuniga qadar maydonga tushadimi? Men bu savolga aniq javob bera olmayman. Jeymi yaxshi tiklanmoqda, lekin men unga bosim o'tkazishni istamayman. Xuddi shu gaplar Filip Yorgensenga ham tegishli», — deya jurnalist Dom Smit Rosenorning so'zlarini keltiradi.
Jeymi Bayno-Gittens o'tgan yilning yozida Dortmundning «Borussiya» klubidan «ko'klar» safiga kelib qo'shilgan edi. Transfer qiymati 55 million evrodan ko'proqni tashkil qilgan.