«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor yozgi transfer oynasida Alexandro Garnachoning sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.

Murabbiy matbuot anjumanida bunday ma'lumotlarning manbasi bilan qiziqdi.

«Bu xabarlarning manbasi kimligini bilishni istardim... Garnacho endigina 21 yoshda. U yaxshi holatda va sport formasida bo'lganida alohida fazilatlarga ega bo'ladigan futbolchi. Mening vazifam esa unga ana shu darajaga chiqishda yordam berishdir», — dedi Rosenor.