Rosenor Frankning «Tottenxem»dan ketishiga munosabat bildirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor Tomas Frankning «Tottenxem»dagi iste'fosiga o'z munosabatini bildirdi.
«Birinchi navbatda, kasbdoshim o'z ishini yo'qotayotganini ko'rish doimo yoqimsiz. Men Tomas bilan bir necha bor uchrashganman. U ajoyib inson va kuchli murabbiy. Uning ishdan bo'shatilishi bizning ishimiz naqadar qiyin ekanligini isbotlaydi. Unga kelajakdagi faoliyatida omad tilayman», — dedi Rosenor matbuot anjumanida.
Tomas Frank 2025 yilning yozidan buyon «Tottenxem»ni boshqarib kelayotgan edi. «Shporlar» bugun, 11 fevral kuni daniyalik mutaxassisni iste'foga chiqarishdi. Hozirda London klubi APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.