"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor yarim himoyachi Entso Fernandes haqida gapirdi.

Shanba kuni argentinalik futbolchi Premer-ligada o'z klubiga "Brentford"ni 2:0 hisobida mag'lub etishga yordam berdi va golli uzatma berdi.

"Men hayratda qoldim. Entsoning ajoyib o'yinchi ekanligini bilardim, lekin endi u bilan ishlaganimdan so'ng, uning nimalarga qodirligini yanada ko'proq tushundim. Haqiqiy g'olib", - dedi "Chelsi"ning yangi murabbiyi.