Rosenor Entso Fernandesning «MYu»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi haqidagi savolga javob berdi

«Chelsi» yarim himoyachi Entso Fernandesni Madridda yashash istagi haqidagi gaplaridan so'ng ikkita o'yinga chetlatgan edi. Yaqinda argentinalik futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi. Payshanba kungi matbuot anjumanida murabbiy Liam Rosenordan Entso «Manchester Yunayted»ga qarshi bo'lajak o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo'qmi, deb so'rashdi.
«Men hech qachon asosiy tarkibni oldindan aytmayman. Bunday muhim o'yinga ikki kun qolganda tarkibni ochiqlash aqlsizlik bo'lardi. Shuni ayta olamanki, Entso mashg'ulotlarda qatnashdi va juda yaxshi shug'ullandi. Hammasi odatdagidek – tarkib bo'yicha qaror o'yin oldidan qabul qilinadi», — dedi Rosenor jurnalistlarga.
«Chelsi» shanba kuni, 18 aprel kuni «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.