Rosenor «Chelsi»ning transfer strategiyasidagi ehtimoliy o'zgarishlar haqida gapirdi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoaning yoshlarga yo'naltirilgan strategiyasi o'zgarishi yoki o'zgarmasligi haqidagi savolga javob berdi.
«Agar sizda muayyan jarayon bo'lsa, kerakli natijaga erishish uchun unga tuzatishlar kiritishga majbur bo'lasiz. Buni ko'rasiz. Buni mening so'zlarimda emas, balki harakatlarimizda ko'rib olasiz», — deya Rosenorning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.
Angliya Premer-ligasining 31-turi yakunlariga ko'ra, «Chelsi» 48 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida oltinchi pog'onani egallab turibdi.
Shanba kuni, 4 aprel kuni «Chelsi» Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Port Veyl»ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.