Rosenor "Chelsi"ning moliyaviy muammolari haqida gapirdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor klubning moliyaviy holati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Avvalroq "ko'klar" Angliya jamoalari tarixidagi eng katta yillik zararni qayd etgan edi.
"Mening vazifam — bor e'tiborni jamoaga qaratish, g'alaba qozonish uchun tarkibni imkon qadar kuchaytirishga harakat qilishdan iborat. Men bu masalani klub egalari va rahbariyat bilan muhokama qilaman. Ammo [moliyaviy holat] men uchun birinchi darajali vazifa emas. Men shunchaki maydonda muvaffaqiyatga erishayotganimizga ishonch hosil qilishni xohlayman", — dedi Rosenor.