Londonning "Chelsi" klubi yangi bosh murabbiyi Liam Rosenor yanvar oyidagi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Fichajes nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, mutaxassis "Liverpul"ning sobiq a'zosi, hozirda "Real" sharafini himoya qilayotgan Trent Aleksandr-Arnoldni "Stemford Brij"da ko'rmoqchi. Rosenor yulduz futbolchini mavsum oxirigacha - 2025/2026 yillargacha ijaraga olishni mo'ljallamoqda.

27 yoshli himoyachi o'tgan yozda "qaymoqranglilar" safini to'ldirib, 6 yillik mehnat shartnomasini imzolagan edi. Ingliz lateralining bozor narxi 70 million evroga baholanmoqda.