Rosenor «Chelsi»dagi bosim va tanqidlar haqida fikr bildirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor klubdagi holati haqida fikr bildirdi. «Ko'klar» so'nggi o'yinlarda muvaffaqiyatsiz natijalar qayd etmoqda, shu sababli murabbiy haqli ravishda tanqidlar ostida qoldi.
«Menga nisbatan shubhalar tayinlanganimdan uch daqiqa o'tiboq boshlangan edi, uch oy o'tganidan keyin-ku nima ham deyish mumkin. Bu mutlaqo tabiiy holat. Men imkoniyatlarimizga va loyihamizga ishonaman. Nimani xohlayotganimizni yaxshi bilamiz», — deya yanvar oyida Entso Mareskaning o'rnini egallagan Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Kiran Jill.
Shanba kuni «Chelsi» o'z maydonida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi.