"Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasida safarda "Napoli"ni (3:2) mag'lub etdi.

London klubi ketma-ket to'rtinchi o'yinda g'alaba qozondi va Liam Rosenor boshchiligidagi oltita o'yinning beshtasida muvaffaqiyatga erishdi.

Bu oraliqdagi yagona mag'lubiyat Angliya Liga kubogi doirasida "Arsenal"ga (2:3) qarshi kechdi. Shuningdek, "Charlton" (5:1), "Brentford" (2:0), "Pafos" (1:0) va "Kristal Pelas" (3:1) ustidan g'alaba qozonildi.

"Chelsi" mavsumni 31 yanvar kuni APLda "Vest Xem"ga qarshi o'yin bilan davom ettiradi.