Rosenor «Chelsi» atrofidagi inqiroz haqidagi gap-so'zlarga javob qaytardi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor o'z sha'niga bildirilayotgan tanqidlar haqida nima deb o'ylashini aytib o'tdi.
So'nggi vaqtlarda ingliz mutaxassisi qo'l ostidagi «ko'klar» unchalik ta'sirli natijalar qayd etmayapti. Ayni damda jamoa Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
«Agar men klubga kelgan vaqtdan boshlab qayd etilgan natijalarni olsak, biz APLda to'rtinchi o'rindamiz. Klub atrofida shov-shuvlar juda ko'p: odamlar jamoa inqirozda ekanini, men vazifamni uddalay olmayotganimni va bema'ni gaplarni gapirayotganimni aytishmoqda. Men bu gap-so'zlarning barchasini eshityapman», — deya Rosenorning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.
Bugun londonliklar o'z maydonlarida Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida «Port Veyl» jamoasini qabul qilishadi.