Roppa-rosa 10 yil oldin «Lester» APL chempioniga aylangan edi

Bundan roppa-rosa o'n yil avval «Lester» rasman raqiblari uchun etib bo'lmas masofaga chiqib oldi va chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu voqea «Tottenxem» 36-turning so'nggi o'yinida «Chelsi» bilan bahsda ikki ochko yo'qotganidan so'ng yuz berdi. Natijada «shporlar» o'zi ham durang o'ynagan «Lester» bilan oradagi 7 ochkolik farqni qisqartira olishmadi.
O'sha vaqtda, chempionat yakuniga ikki tur qolganida Klaudio Raneri jamoasida 77 ochko, «Tottenxem»da esa 70 ochko mavjud edi. Ta'kidlash joizki, «shporlar» yakunda hatto ikkinchi o'rinni ham saqlab qola olishmadi — ularni azaliy raqiblari «Arsenal» quvib o'tdi. «Tottenxem» bugungi kunda ham APLda (kelasi mavsumda ham u erda qolishiga kafolat bo'lmasa-da), «Lester» esa uchinchi divizionga tushib ketdi...