Ronaldusiz Portugaliya: Meksika va AQShga qarshi o'yinlar uchun qaydnoma e'lon qilindi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining bahorgi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Roberto Martines boshchiligidagi murabbiylar shtabi Meksika (29 mart) va AQSh (1 aprel) terma jamoalariga qarshi bahslar uchun quyidagi futbolchilarni qaydnomaga kiritdi:
-
Darvozabonlar: Diogu Koshta («Portu»), Joze Sa («Vulverxempton»), Ruy Silva («Sporting»);
-
Himoyachilar: Mateush Nunesh («Manchester Siti»), Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Joau Kanselu («Barselona»), Nunu Mendesh («PSJ»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Renatu Veyga («Vilyarreal»), Antoniu Silva («Benfika»), Tomash Arauju («Benfika»);
-
Yarim himoyachilar: Ruben Nevesh («Al-Hilol»), Samu Koshta («Malorka»), Mateush Fernandesh («Vest Xem»), Joau Nevesh («PSJ»), Vitinya («PSJ»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Rodrigo Mora («Portu»);
-
Hujumchilar: Rikardu Orta («Braga»), Pedru Gonsalvesh («Sporting»), Joau Feliks («Al-Nasr»), Fransishku Trinkau («Sporting»), Fransishku Konseysau («Yuventus»), Rafael Leau («Milan»), Pedru Netu («Chelsi»), Gonsalu Gedesh («Sosedad»), Gonsalu Ramush («PSJ»).