Ronalduning shaxsan o'zi Manega tort kesib berdi (video)

Hujumchi Sadio Manening Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi "An-Nasr"dagi jamoadoshlari forvardni Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlar Kubogida g'alaba qozongani bilan tabrikladi.
Eslatib o'tamiz, ko'plab hakamlik mojarolari bilan yodda qolgan final uchrashuvida senegalliklar musobaqa mezboni Marokash jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
O'yindan so'ng Mane ushbu turnir uning uchun terma jamoadagi so'nggisi bo'lganini tan oldi.
Senegalning g'alabasi sharafiga "An-Nasr" futbolchilari futbolchini tort bilan mehmon qilishdi. G'olibga birinchi bo'lakni Krishtianu Ronaldu kesib berdi.
Cristiano ama a Mane
— Arielipillo (@arielipillo) January 23, 2026
Le corto hasta el pastel ????
????????????????????????pic.twitter.com/WO5qkKliSp