Ronalduning samolyoti Madridda ko'rinish berdi

Madridda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning xususiy samolyoti ko'rinish berdi. Bu haqda The Sun jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, Eron dronlarining Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasiga uyushtirgan hujumi sababli samolyot Saudiya Arabistonini tark etib, Ispaniya poytaxtiga etib kelgan. Shu bilan birga, Krishtianuning o'zi samolyot bortida bo'lgan-bo'lmaganiga aniqlik kiritilmagan.
Portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yanvaridan buyon Saudiya Arabistoni jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda Ronaldu "An-Nasr" tarkibida 26 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. 41 yoshli hujumchining mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo'ljallangan.