Krishtianu Ronalduning sobiq oshpazi Jorjo Barone portugaliyalik futbolchining ovqatlanish tartibi haqida so'zlab berdi.

«Krishtianu Ronalduning dietasi juda muvozanatlashgan. U hamma narsadan oz-ozdan tanovul qiladi, lekin bular doim foydali mahsulotlar bo'ladi.

Nonushtaga u qahva bilan avokado va tuxum erdi — shakar esa umuman yo'q. Mutlaqo shakarsiz.

Tushlikda tovuq go'shti, baliq va albatta sabzavotlar bo'lishi mumkin. Agar unga uglevodlar kerak bo'lsa, ularni sabzavotlardan oladi, shuning uchun unga undan tayyorlangan hech qanday mahsulotning keragi yo'q. Pasta (makaron), non va shunga o'xshash taomlar uning ratsionida mavjud emas.

Kechqurun u engil ovqatlanadi, odatda baliq yoki file ko'rinishidagi go'sht eydi. Bu taomlar doim sabzavotlar bilan birga tortiq qilinadi», — dedi Barone Covers.com nashriga bergan intervyusida.