Ronalduning kelajak uchun rejalari ma'lum bo'ldi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajakdagi investitsiyalarini kengaytirishga qiziqish bildirmoqda.
Portugaliyalik yulduz bundan oldin Ispaniyaning "Almeriya" klubi aktsiyalarining 25 foizini sotib olgan edi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, bu Ronalduning kelajakdagi loyihalari uchun faqatgina boshlanishi hisoblanadi. Krishtianu agar kelajakda imkoniyat tug'ilsa, boshqa ambitsiyali loyihalar va klublarga sarmoya kiritishdan manfaatdor.