«Ronalduni kiyinish xonasida yig'latib yuborgan»: Modrich faoliyatidagi eng qattiqqo'l murabbiyni aytdi

"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatidagi eng qattiqqo'l murabbiyni aytdi.
"Mourino eng qattiqqo'l edi. Krishtianu Ronalduni kiyinish xonasida yig'latganini ko'rganman. Mourino futbolchilar bilan juda to'g'riso'z va halol. U Serxio Ramosga ham, yangi o'yinchiga ham bir xil munosabatda bo'lgan: agar unga nimadir aytish kerak bo'lsa, u buni aytgan," - deya Modrichning so'zlarini keltiradi Corriere della Sera.
Joze Mourino 2010-13 yillarda "Real"da ishlagan. Modrich uning qo'l ostida 2012/13 yilgi mavsumda harakat qilgan. Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi bosh murabbiyi sifatida Ispaniya chempionati, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogida g'olib chiqdi.