Ronaldu "Yuventus"ga pulni qaytarmaydigan bo'ldi - sud qarori e'lon qilindi

2024 yil bahorida arbitraj komissiyasi "Yuventus"ni hujumchi Krishtianu Ronalduga pandemiya davrida to'lanmagan maosh qarzi sifatida 9,8 million evro to'lashga majbur qilgan edi. Mazkur summa to'lab berildi va Turin klubining 2023/2024 moliyaviy hisobotida aks ettirildi. Shunga qaramay, "Yuventus" bu qaror bo'yicha apellyatsiya bergan edi.
Football Italia La Gazzetta dello Sportga tayanib xabar berishicha, Turindagi mehnat masalalari bo'yicha sud qaror chiqardi — "Yuventus"ning apellyatsiyasi rad etildi. Shu tariqa, Ronaldu olingan mablag'ni qaytarishi shart emas.
Qayd etilishicha, Turin klubi qarorni o'rganib chiqadi va ishni davom ettirish imkoniyatlarini baholaydi.