Ronaldu yana safda: «An-Nasr»ning «Al-Najma»ga qarshi o'yin uchun tarkibi e'lon qilindi

Juma kuni «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati doirasida o'z maydonida «Al-Najma» jamoasini qabul qiladi. Ar-Riyod klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush asosiy tarkibga quyidagi futbolchilarni kiritishga qaror qildi:
Bento, al-Ganam, Simakan, al-Amri, al-Nasser, Brozovich, Anjelo, G'arib, Mane, al-Hamdan, Ronaldu.
Ko'rib turganimizdek, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» tarkibiga qaytdi. U oxirgi marta 28 fevral kuni maydonga tushgan edi.
Pro-liganing «Aln-Nasr» — «Al-Najma» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Manba: www.stadion.uz.