Krishtianu Ronaldu guruh bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng, XXI asrda Jahon chempionatlarida eng ko'p ofsaydga (o'yindan tashqari holatga) tushgan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi.

Portugaliyalik hujumchi ushbu bahsda ikki bor o'yindan tashqari holatda qolib ketdi va Jahon chempionatlaridagi faoliyati davomida bunday vaziyatlarning umumiy sonini 23 taga etkazdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha Terri Anrini (22) ortda qoldirdi va ayni damda faqatgina Robin van Persiga (25) yutqazmoqda. Ronalduda ushbu «antirekord»ni yangilash uchun kamida yana bitta o'yin bor.

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya bilan uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi. Portugaliya 1/16 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi va unda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ronaldu uchun mazkur Jahon chempionati faoliyatidagi oltinchisi bo'ldi. U ilk bor bundan 20 yil avval Germaniyada o'tkazilgan turnirda ishtirok etgan edi.

Manba: Stadion.uz