Ronaldu va yana 3 futbolchi. Yaqin Sharqning eng yaxshi o'yinchisi uchun yakuniy da'vogarlar aniqlandi

Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisiga da'vogarlar nomi ma'lum bo'ldi.
Globe Soccer Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun to'rtta nomzodni tanladi. Mukofotga quyidagilar nomzod bo'ldi:
Salem Al-Dosariy ("Al-Hilol");
Karim Benzema ("Al Ittihod");
Riyoz Mahrez ("Al-Ahli");
Krishtianu Ronaldu ("An-Nasr").
Ovoz berish natijalari 28 dekabr kuni Globe Soccer gala-kontsertida e'lon qilinadi.