Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati eng yaxshi to'purarlari kuchli uchligida bormoqda.

"An-Nasr" hujumchisi 22-turdan o'rin olgan "Al-Fateh"ga qarshi o'yinning 18-daqiqasida gol urdi.

Endilikda portugaliyalik futbolchi hisobida liganing 19 ta uchrashuvida kiritilgan 18 ta gol mavjud. "Al-Qodisiya" a'zosi Xulian Kinones ham shuncha gol urgan, "Al-Ahli" vakili Ayven Tounida esa gollar soni ikkitaga ko'proq.

Ronaldu barcha turnirlarni hisobga olganda "An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi safida 28 ta o'yinda 24 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.