Krishtianu Ronaldu "ish tashlash"dan keyin "An-Nasr" uchun ilk golini urdi.

Hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi "Al-Fateh"ga qarshi uchrashuvning (1:0, birinchi bo'lim) 18-daqiqasida Sado Manening uzatmasini golga aylantirdi.

Bundan oldin portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) "An-Nasr"ni raqobatchilarga nisbatan boshqarish usulidan norozi bo'lib, uchta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

40 yoshli Ronaldu uchun ushbu gol faoliyatidagi 962-gol bo'ldi. U gollarining 820 tasini klub darajasida, 142 tasini esa terma jamoa safida kiritgan.