Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahsda (2:1) goli bekor qilingani hamda zaxiraga olingani haqidagi savolga javob qaytardi.

— Sizni qaysi biri ko'proq xafa qiladi: golning bekor qilinishimi yoki zaxiraga olinish?

— Men ko'proq boshlang'ich tarkibda maydonga tushmasam xafa bo'laman, — deya Ronalduning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Uchrashuvning 61-daqiqasida bosh hakam Espen Eskos Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning golini ofsayd sababli bekor qilgan edi. Keyinroq, 68-daqiqada Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada esa forvard zaxiraga olindi.

Manba: Stadion.uz