Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu avtohalokatda halok bo'lgan Diogu Jota xotirasiga uning libosini kiydi. Ronaldu bu ishni JCh-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan (2:1) so'ng amalga oshirdi. Ushbu bahsda portugaliyalik yulduz penaltini aniq bajarib, bitta gol muallifiga aylandi.

Diogu Jota o'tgan yilning 3 iyul kuni 28 yoshida avtohalokat oqibatida fojiali tarzda hayotdan ko'z yumgan edi.

Musobaqaning 1/8 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz