Avvalroq 41 yoshli hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelib chiqqan nizo tufayli milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

A Bola nashrining xabar berishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi Intizom nizomining 160-moddasiga asosan Ronalduga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atilgan. Ushbu qoidaga ko'ra, milliy jamoaga muntazam chaqirib kelinadigan va uzrli sababsiz mashg'ulot, o'yin yoki jamoa tadbirini tark etgan futbolchi 1 oydan 6 oygacha muddatga diskvalifikaciya bilan, qo'shimchasiga, agar u professional futbolchi bo'lsa, 510 dan 1020 evrogacha jarima bilan jazolanadi.