Ronaldu o'zbekistonlik futbolchilar bilan forma almashmadi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2026 guruh bosqichi 2-turida O'zbekistonga qarshi 5:0 hisobidagi yirik g'alabadan keyin raqib futbolchilari bilan forma almashtirmadi.
Uchrashuv 23 iyun kuni bo'lib o'tdi va Portugaliya 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ronaldu ushbu bahsda dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
O'yin yakunlanganidan so'ng portugaliyalik yulduz o'z futbolkasini zaxirada o'tirgan Diogu Dalotga bergani ma'lum bo'ldi. Shuningdek, Dalotga jamoa sardorlik bog'ichi ham taqdim etilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar