Ronaldu o'z rekordini o'zi yangilashda davom etmoqda. Messi bilan farq yana oshdi

Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida gol urish bo'yicha o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangiladi.
Portugaliya terma jamoasi forvardi JCh-2026 saralashi doirasida Armaniston bilan o'yinning 21-daqiqasida gol urdi.
Bu Ronalduning milliy jamoa safidagi 139-goli bo'ldi. Terma jamoalar safida gollar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda borayotgan argentinalik Lionel Messida 114 ta to'p bor.