Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Irlandiya ustidan qozonilgan g'alabaga (1:0) munosabat bildirdi. Bu o'yinda 40 yoshli portugaliyalik penaltini aniq amalga oshira olmadi.

"Yana bir qadam qo'yildi! Olg'a, Portugaliya!" - deb yozdi Krishtianu ijtimoiy tarmoqda.

Portugaliya 7 ochko jamg'arib, F guruhida peshqadamlik qilmoqda. Irlandiya 2 ochko bilan so'nggi 4-o'rinda.