Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh o'zining xayrlashuv uchrashuvida qaysi futbol yulduziga qarshi to'p surishni istashi haqidagi savolga javob berdi.

«Ronaldu, Messi yoki Neymar? Messi», — deya Salohning so'zlarini mashhur insayder va jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.

Ma'lumot uchun, Saloh hozirda 34 yoshda. Shu yilning 1 iyul kuni uning «Liverpul» klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi muddati tugadi va u erkin agentga aylandi.

Avvalroq Misr terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/16 finalida Avstraliya terma jamoasini mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l olgan edi. U erda afrikaliklarga Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi.

JCh-2026 nimchorak finalidan o'rin olgan Argentina — Misr uchrashuvi seshanba kuni, 7 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da chalinadi.

Manba: Stadion.uz