Ronaldu: "Men hech qachon Portugaliyada Messini yoqtirmaslik kerakligini aytmaganman"

Portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida Argentinada Garnachoga Ronaldu uslubida golni nishonlamaslik kerakligini aytishlariga munosabat bildirdi.
"Argentinada Garnachoga gollarni men kabi nishonlash mumkin emasligini aytishadi - go'yo bu yomon narsa.
Rostini aytsam, bu men uchun g'alati. U shunchaki bola, o'ynasin va futboldan zavqlansin.
Men hech qachon portugaliyalik futbolchilarga Messini sevmaslik kerakligini aytmaganman.
Bu urush emas - bu shunchaki o'yin", - dedi "An-Nasr"ning 40 yoshli yulduzi.