"Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Saudiya Arabistoni chempionatida "An-Nasr" jamoasi uchun o'ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldoni yuqori baholadi.

"Ronaldu men uchun doimo o'rnak va namuna bo'lib kelgan. Krishtianu - birinchi raqamli, "Real" etaloni. Odamlar hali ham uni eslab, u haqda gapiradi," - dedi Mbappe Movistar efirida.

Frantsuz futbolchisining aytishicha, Ronaldu unga maslahatlar berib yordam bermoqda, bundan Mbappe juda mamnun.