Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan Kolumbiyaga qarshi o'yindan keyin jurnalistlarni e'tiborsiz qoldirdi.

Mikst-zonada (intervyu hududida) Krishning chiqishini kutishayotgani sababli jonlanish kuzatilayotgan edi, biroq u bugun intervyu berish navbati Joau Feliksniki ekanligini aytib, to'xtamasdan o'tib ketdi.

Shu bilan birga, Ronaldu bir oz nariroqda avtograf va birgalikda suratga tushishni so'ragan muxlislar qarshisida to'xtagan.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Portugaliyaliklar guruhda ikkinchi o'rinni egallab, 1/16 finalda Xorvatiyaga qarshi tushadigan bo'lishdi.

Ronaldu hozircha turnirda faqat O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga yo'llagan dubli bilan ajralib turibdi.

Manba: Stadion.uz