Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida qatorasiga to'rtinchi o'yinda gol urdi.

40 yoshli forvard JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Armaniston (3:0, birinchi bo'lim) bilan o'yinda Pedru Netuning uzatmasini golga aylantirdi.

Bungacha Ronaldu Millatlar Ligasi o'yinlarida Ispaniya (2:2, penaltilar bo'yicha 5:3), Germaniya (2:1) va Daniya (5:2) terma jamoalari darvozasiga bittadan gol urgan.