Ronaldu JCh-2026 uchun Portugaliya terma jamoasi safiga qo'shildi

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga etib keldi.
Dushanba kuni Roberto Martines boshchiligidagi jamoa JCh-2026 oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda surat joylashtirib, terma jamoa qarorgohiga etib kelganini ma'lum qildi.
«Mundial» missiyasi boshlandi!» — deb yozdi Ronaldu.
JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR, O'zbekiston va Kolumbiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.