Ronaldu JCh–2026 saralash o'yinlari oldidan post yozdi

Portugaliya terma jamoasi sardori va hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh–2026 saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvlar oldidan ijtimoiy tarmoqda post yozdi.
Roberto Martines shogirdlari 11 oktyabr kuni Irlandiya, 14 oktyabr kuni esa Vengriyaga qarshi bahs olib boradi.
«Biz o'z missiyamizga to'liq e'tibor qaratganmiz», — deb yozdi Ronaldu X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida.
Ronaldu JCh–2026 saralashining ilk ikki uchrashuvida 3 ta gol urgan.
Ikkita turdan so'ng Portugaliya terma jamoasi 6 ochko bilan F guruhi etakchisi, Irlandiya esa 1 ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.
Focados na nossa missão pic.twitter.com/guixJNSbiE
— Cristiano Ronaldo (@Cristiano) October 9, 2025
Manba: championat.com