Ronaldu jamoani Jezush boshqarar ekan, Portugaliya termasiga qaytmaydi

Bu haqda "CNN Portugal" muxbiri Rui Santush xabar berdi.
Avvalroq Ronaldu Millatlar Ligasi 3-turi doirasidagi Daniyaga qarshi o'yin (4:2) oldidan tarkibga kiritilmasligini bilgach, milliy jamoa lagerini tark etgandi. Bungacha esa u 2-turda Norvegiya bilan bo'lgan to'qnashuvda (2:1) to'liq zaxirada qolgan.
Shuningdek, OAVda Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
72 yoshli Jezush milliy terma jamoani 2026 yilning iyul oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida Portugaliya Millatlar Ligasidagi barcha 4 ta bahsda g'alaba qozondi.
Kommentariyalar